Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan Taxiatosh tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan tungi xizmat faoliyati oʻrganildi
2025-11-11 10:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan tungi vaqtda Taxiatosh tumanida oʻrganish ishlari olib borildi.
Vazir oʻrinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlarning barqarorligini taʼminlash, tungi vaqtda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi, Taxiatosh tumani 6-sonli maktab binosining qoʻriqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilib, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Taxiatosh tumani hududida avtomashinalar koʻp harakatlanadigan va yoʻl-transport hodisasi koʻp yuz beradigan “Sh.Rashidov” koʻchasida YPX naryadlari tekshirilib yoʻl transport hodisasining oldini olish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









