Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlaridan yakuniy imtihonlar olindi
2025-11-09 10:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 13-oktyabridagi “2025-oʻquv yili boʻyicha Ichki ishlar organlari xodimlarini yakuniy tekshiruvlardan oʻtkazish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi” 601-sonli buyrugʻiga asosan Sirdaryo viloyati IIOdagi barcha turdagi rahbarlar va ularning oʻrinbosarlaridan oʻquv yili yakuni boʻyicha sinovlar qabul qilindi.
Dastlab IIV Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan boshqarma apparati xodimlari va hududiy hamda sohaviy xizmat rahbarlariga amaldagi buyruq talablarini yetkazildi.
Shundan soʻng xodimlardan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha toʻsinda tortilish, 100 va 1000 metrga yugurish, qoʻl jangi usullaridan samarali foydalanish, “Makarov toʻpponchasi” va Kalashnikov avtomatini toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish, pistoletdan oʻq otish hamda test sinovlari olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati








