Namangan viloyatida hokim hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2025-11-09 10:35:00 / Yangiliklar

Hozirgi kunda yoshlar bilan ishlash, ularni zamonaviy kasb va yoʻnalishlarga toʻgʻri yoʻnaltirish, ularning shaxsiy rivojlanishi, intellektual salohiyati hamda iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, rahbarlar tomonidan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning taklif va muammolari tinglanmoqda hamda aniq choralar orqali ijobiy hal etilmoqda. Bu yoʻnalishda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, taʼlim va kasbga oʻqitish dasturlari, innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash choralari dolzarb vazifa sifatida belgilanib, ularning jamiyatda munosib oʻrnini topishiga zamin yaratmoqda.
Namangan viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat IIB boshligʻi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Shu asosda kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Maʼlumot uchun, viloyatda jami 3 987 nafar yosh huquq-tartibot va mudofaa idoralarining 403 nafar masʼul xodimiga biriktirilgan. Shuningdek, yoshlar tomonidan koʻtarilgan 1 805 ta muammoning 96,6 foizi ijobiy hal etilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









