Inson salomatligiga bagʻishlangan fidokorona mehnat ramzi – Toshkent shahar IIBB Tibbiyot boʻlimi uchun yangi zamonaviy bino qurilib, tibbiyot xodimlari kuni arafasida foydalanishga topshirildi
2025-11-08 17:00:00 / Yangiliklar

Yangi foydalanishga topshirilgan binoning ochilish marosimida Ichki ishlar vazirligi, poytaxt ichki ishlar organlari rahbariyati, tibbiyot boʻlimi xodimlari hamda soha faxriylari ishtirok etdi.
Yurtboshimizning inson manfaatlari, millat salomatligini taʼminlash yoʻlida olib borayotgan chuqur islohotlarining uzviy davomi boʻlgan bu bunyodkorlik ishlari kelgusida Toshkent shahrining osuda va farovon rivoji uchun munosib hissa qoʻshayotgan tinchlik posbonlariga xizmat koʻrsatishi taʼkidlandi.
Shuningdek tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan barcha soha fidoyilari muborakbod etilib, ularning bir guruhiga mukofotlar topshirildi.
Binoning birinchi qavatida Sanitariya nazorati markazi, ikkinchi va uchinchi qavatda harbiy tibbiy komissiya xonalari, 4 qavatda esa maʼmuriyat hamda maʼrifat zali joylashgan. Har bir xonaga eng zamonaviy tibbiy uskunalar, diagnostika va salomatlikni yuqori aniqlikda tekshiruvchi qurilmalar hamda boshqa zaruriy vositalar oʻrnatilgan.
Muassasada harbiy tibbiy koʻrikdan oʻtadigan xodimlarga qulaylik yaratish xamda dori vositalari aylanmasini nazorat qilish, kasalliklar dinamikasini real vaqt rejimida kuzatish va tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash borasida raqamlashtirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Shu maqsadda “E-med” kompleks axborot-tahliliy tizimni joriy qilinib, elektron maʼlumotlar oynasi orqali yagona manbaga kiritilib raqamlashtirildi.
Vazirlik rahbariyati tomonidan mutaxassis shifokorlar bilan xodimlar uchun yaratilgan bu zamonaviy sharoitlardan unumli foydalanish, ularni salomatligini taʼminlash borasida zaruriy choralarni koʻrish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari tizimida tadbirlar davom etmoqda.









