Jizzax viloyatida “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasidagi ishlar muhokama qilindi
2025-11-08 09:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati hokimligida “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videoselektor tarzida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ekologik nazoratni kuchaytirish, hududlarda obodlik va sanitar tozalikni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda maishiy chiqindilarni yigʻish va ulardan tozalash ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda viloyat hududida chiqindi sohasini takomillashtirish, chiqindilarni yigʻish, tashish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish, shuningdek aholining faol ishtirokini taʼminlash orqali sanitar tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda Jizzax viloyati IIB boshligʻi ishtirok etib, belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, qonuniylikka qatʼiy rioya qilish hamda sohadagi qonunbuzarliklarga chek qoʻyish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, tegishli idora va tashkilotlarga aholi yashaydigan hududlarda tozalikni taʼminlash, sanitariya qoidalariga amal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish va javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda soʻz olgan Jizzax viloyati IIB rahbariyati viloyat hududida ekologik tartib-intizomni taʼminlash, fuqarolarda atrof-muhitga eʼtiborli munosabatni shakllantirish hamda maishiy chiqindilarni tashlash qoidalariga amal qilish madaniyatini oshirish boʻyicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini tashkil etish zarurligini qayd etdi.
Shu bilan birga, profilaktika inspektorlariga mahallalarda jamoatchilik bilan hamkorlikda tozalik tadbirlarini tashkil etish va fuqarolarni faol jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilish yakunida “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Har bir tuman va shahar kesimida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini qatʼiy nazoratga olish, aholi uchun sogʻlom va toza muhit yaratish hamda atrof-muhit muhofazasi borasida tizimli ishlar olib borish zarurligi taʼkidlandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati






