Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi oʻrganishlar davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari koʻzdan kechirildi
2025-11-07 11:30:00 / Yangiliklar

Dastlab, “Bolalar ftiziatriya sihatgohida” va ”Psixiatriya xizmati boʻyicha Navoiy viloyati filiali”da boʻlib, isitish tizimi, qozonxonalar va bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga mavsum davrida binolarga issiqlikning uzluksiz yetkazib berish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi taʼkidlanib zarur yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.
Shuningdek, Boshqarma boshligʻi tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyatini oʻrgandi. Aholi gavjum joylar, savdo markazlari hududlarida sergaklikning oshirish, oʻgʻirlik, talonchilik, tan jarohati va yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq holatlarni oldini olishda xizmatga masʼuliyat bilan yondashish kerakligini taʼkidladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati








