FVVga biriktirilgan Samarqanddagi maktab — “Eng namunali Jasorat maktabi” respublika bosqiçida
2026-11-14 11:50:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirilgan Samarqand viloyati Iştixon tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi “Eng namunali Jasorat maktabi” körik-tanlovining viloyat bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, respublika bosqiçida iştirok etiş yöllanmasiga ega bölgan edi. Bugun respublika komissiyasi a’zolari maktabga taşrif buyurib, tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida ta’lim muassasasi faoliyati va pedagog xodimlarning tayyorgarlik darajasini baholaşga qaratilgan sinovlarni ötkazdilar.

Jumladan, öqituvçilarning kasbiy mahorati, jismoniy tayyorgarligi, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi yönalişidagi faoliyati, saf tayyorgarligi, amaliy könikmalari, şuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonidagi samarali iş uslublari va ilğor tajribalari atrofliça örganildi.
Ta’kidlaş joizki, körik-tanlovning yakuniy natijalari respublikaning barça hududlarida baholaş jarayonlari töliq yakunlanganidan söng e’lon qilinadi.









