FVV mas'ul xodimlari tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan "Markaziy dehqon bozori"da tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-10-10 11:35:00 / Yangiliklar

O‘quv mashqining asosiy maqsadi bozor hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda tezkorlik va samaradorlikni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Mashq davomida mas’ul xizmatlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, shaxsiy tarkibning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligi hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari amaliy sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan hududni qurshab olish, shartli yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi yordam ko‘rsatish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish kabi harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, yong‘in-qutqaruv texnikalari va maxsus vositalardan samarali foydalanish, mas’ul xodimlar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
O‘quv mashqi yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud tayyorgarlik darajasini yanada oshirish va bozorlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.









