FVV qutqaruvchilari “Katta Chimyon” togʻida fuqaroga amaliy yordam koʻrsatdi
2026-10-07 09:55:00 / Yangiliklar
Kecha, 6-oktabr kuni 16:40 da Toshkent viloyati FVBBga “112” tizimi orqali Boʻstonliq tumani hududida joylashgan "Katta Chimyon” togʻiga bir nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va adashib qolgan fuqaroni topib, sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib chiqishgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
