FVV qutqaruvchilari "Katta Farg‘ona" kanaliga tushib ketgan avtomobilni olib chiqdi
2026-10-06 10:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qo'shtepa tumani "Langar" MFY Mirobod ko'chasidan oqib o‘tgan "Katta Farg'ona" kanaliga "Damas" rusumli avtomobil boshqaruvni yo'qotishi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib oldilar.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



