Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi
2026-09-25 17:35:00 / Yangiliklar
Unda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mutaxassislari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga gender tengligi sohasiga oid asosiy tushunchalar, amaldagi yondashuvlar va tahliliy ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning mazmun-mohiyati, mehnat munosabatlarida tenglik tamoyillariga rioya qilish, gender tengligini ta’minlashning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr va tajriba almashilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Seminar yakunida gender tengligini ta’minlash borasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, jamoada teng huquq va imkoniyatlar tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.






