FVV tizimida bugungi kundagi gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
2026-09-16 18:35:00 / Yangiliklar

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2025-yil 26-maydagi 14-son Bayonnomasi qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyati va uch yillik reja tasdiqlangan.
Ayni qaror ijrosi doirasida Favqulodda holatlar vazirligi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida genderga oid audit o‘tkazilishi belgilangan. Uslubiyatdan kelib chiqqan holda o‘rganish jarayonini tizimli tashkil etish maqsadida Favqulodda holatlar vazirligi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida “Favqulodda holatlar vazirligi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida genderga oid auditni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror imzolandi.
Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalari hamda quyi tuzilmalar faoliyatlarida genderga oid auditni o‘tkazish uchun auditor guruhlari tashkil etildi. Genderga oid audit uslubiyatiga muvofiq audit quyidagi
5 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Hujjatlarni tahlil qilish;
2. Xodimlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish;
3. Xodimlar bilan individual suhbat o‘tkazish;
4. Xodimlar uchun interaktiv seminarlar tashkil etish;
5. Yakuniy hisobot tayyorlash, davlat organlari va tashkilotlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha strategiya va takliflar ishlab chiqish.
Genderga oid audit nafaqat Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida, balki hududiy boshqarmalar va quyi tuzilmalarda ham amalga oshirilishi belgilangan.
Shunday audit tekshiruvlaridan biri qaerda, kim tomonidan o‘tkazilgani yozilishi kerak.
Tahlillar jarayonida kadrlar tarkibi, rahbarlik lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushi, gender tenglikni ta’minlash va xizmat faoliyatidagi teng imkoniyatlar masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, vazirlik markaziy apparatida genderga oid audit natijalari, bugungi kundagi gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va vazirlikdagi mavjud holat muhokama qilindi.
Genderga oid audit jarayonlari bo‘yicha ma’lumotnoma, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish maqsadida ishlar chiqilgan takliflar Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasiga taqdim etildi.




