FVV qutqaruvchilari tomonidan Buxoro viloyatidagi yong‘indan 3 nafar fuqaro qutqarildi, 7 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi
2026-07-15 11:15:00 / Yangiliklar

Xabarga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishgan. Yong‘in 03:46 da o‘rab olinib, 04:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor va professional harakatlari natijasida yong‘in sodir bo‘lgan xonadondan 3 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarildi. Shuningdek, yong‘inning qo‘shni uylarga tarqalishi xavfini inobatga olgan holda 7 nafar qo‘shni fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 50 kvadrat metr maydonida pol qismi, devorlar hamda uy ichidagi ayrim jihozlar yongan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli esa taxminan 650 kvadrat metr maydon va yong‘in tarqalishi mumkin bo‘lgan qo‘shni uy-joylar saqlab qolindi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda darhol "112" yagona tezkor raqamiga murojaat qiling!






