Hisorak suv omborida kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
2026-07-04 10:10:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Shahrisabz tumanida joylashgan Hisorak suv omborida kichik hajmli kemalar egalari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida kema va boshqa kichik hajmli suzish vositalarini xavfsiz boshqarish, ulardan foydalanishda amaldagi xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etish, qutqaruv jiletlaridan majburiy foydalanish, suvda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda texnik xavfsizlik talablariga amal qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.




