Payshanba — “Yoshlar kuni”: muloqot va yangi imkoniyatlar
2026-07-02 19:20:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan hududlarda “Rahbar va yoshlar”, “Uch avlod” uchrashuvlari hamda davra suhbatlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirlarda otaliqqa olingan yoshlar, volontyorlar, shuningdek uyushgan va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi. Batafsil...
Uchrashuvlar davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar egallashlari hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









