“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan hududiy bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
2026-06-25 17:15:00 / Yangiliklar
Tadbirda masʼullar tomonidan 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Qurolli Kuchlar saflarida giyohvandlik va psixotrop moddalarga oʼrin yoʼq!” mavzusida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uning salbiy oqibatlari jamiyat va shaxs hayotiga zararli taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shaxsiy tarkib oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda harbiy va xizmat intizomini yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi hamda huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonuniylikka qatʼiy rioya etish muhimligi alohida taʼkidlandi.








