Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro turnir sovrindori
2026-06-22 18:05:00 / Yangiliklar

Unda, ishtirokchi jamoalar 4 ta shart bo‘yicha bo‘yicha ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, 4x100 metrlik yong‘in o‘chirish estafetasi hamda jangovar yoyilish turida o‘zaro bellashdi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxsiy hisobda ayollar terma jamoasi a’zosi Yusupova Maysara Komil qizi “100 metrga to‘siqlar osha yugurish” turida 16,29 soniya natija qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda ushbu yo‘nalishdagi yuqori mahoratini yana bir bor namoyon etdi.
Shuningdek, mazkur turda erkaklar terma jamoasi a’zosi Juldasbekov Erdavlet Muxtor o‘g‘li 15,70 soniya natija bilan faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoamiz tomonidan 5 ta kubok, 1 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.
Sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda ham ularga omad va yangi zafarlar tilaymiz.








