Qarshi shahrida “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichi yakunlariga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
2026-06-06 12:00:00 / Yangiliklar
Tadbirda viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Maktab va maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idorlar rahbarlarining oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Marosim davomida musobaqada faol va namunali ishtirok etgan jamoalar hamda ishtirokchilar taqdirlanib, ularga kubok, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir yakunida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligi va Vatanga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashga qaratilgan bunday musobaqalarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.








