Qutqaruvchining jasorati – yoshlar uchun ibrat maktabi
2026-06-05 16:15:00 / Yangiliklar
Kitob tumanida Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari va Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi, mayor Husniddin Sharapov ishtirokida yoshlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda H. Sharapovning suvda choʻkayotgan bolani qutqarib qolish jarayonida koʻrsatgan jasorati va fidoyiligini alohida eʼtirof etildi hamda unga minnatdorlik bildirdi.
Shundan soʻng H. Sharapov qutqaruv amaliyoti jarayonidagi masʼuliyatli lahzalar, oʻsha paytdagi hissiyotlari, qutqaruvchilik kasbining sharafli va masʼuliyatli jihatlari haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, xizmat faoliyati davomida orttirgan tajribasi, erishgan yutuqlari hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.





