Oʻquv mashgʻulotlari
2026-06-05 12:20:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar FVBB, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari FVB quyi tuzilmalari qutqaruv otryadi komandirlari, qism boshliqlari hamda smena boshliqlari ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Jarayonda qutqaruvchilar shartli yongʻin oʻchoqlari, tutunli va yuqori haroratli muhitda harakatlanish, jabrlanganlarni qidirib topish hamda ularni xavfsiz hududga olib chiqish va boʻlinmalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni samarali tashkil etish boʼyicha amaliy koʼnikmalarini mustahkamlashdi.






