Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatida gʻalla yigʻim terim mavsumida favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni oldini olish boʻyicha keng koʻlamli oʻrganish ishlarini olib bordi
2026-06-05 09:50:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida fermer xoʻjaliklari gʻalla maydonlariga borilib, kombaynlar birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligi, yoqilgʻi tashuvchi avtomashina va boshqa jalb etilgan texnika vositalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi hamda boshqa yongʻin xavfsizligi holatlari koʻzdan kechirildi. Shundan soʻng donni qabul qilish va qayta ishlash korxonasining yongʻin-texnik holati va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligi oʻrganilib, masʼullarga mavsum davomida koʻngilsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha zarar koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Shuni taʼkidlash joizki, gʻalla yigʻim terim mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni oldini olish borasida targʻibot materiallariga alohida eʼtibor qaratilib, viloyatning barcha hududlarida “Gʻallani yongʻindan asrang” mavzularida bannerlar oʻrnatilmoqda.




