Qahramon xotirasi – qalblarda mangu
2026-06-04 16:05:00 / Yangiliklar

Suhbat chogʻida Vatan himoyasi yoʻlida munosib xizmat qilgan farzandni tarbiyalagani uchun oila aʼzolariga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda marhumning xotirasi xalqimiz qalbida hamisha saqlanishini taʼkidladi.
Shundan soʻng marhum taʼlim olgan maktabga borilib, ishtirokchilar bilan uchrashildi. Vazir oʻrinbosari oʻz chiqishida Eldor Omonturdiyevning hayot yoʻli, Vatanga sadoqati, yuksak insoniy fazilatlari va yoshlar uchun ibrat boʻla oladigan jasorati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va qahramonlar xotirasini ardoqlashga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganini qayd etdi.
Musobaqa qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtdi. Turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, marhumning yorqin xotirasi hurmat va ehtirom bilan yod etildi.
Mazkur tadbir qahramonlar xotirasini abadiylashtirish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, fidoyilik va vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.









