Qutqaruvchilik – sharafli kasb
2026-06-03 09:10:00 / Yangiliklar
FVV Akademiyasida Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi, mayor Husniddin Sharapov hamda kursantlar ishtirokida samimiy va mazmunli uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida H.Sharapov suvda choʻkayotgan bolani qutqarib qolish jarayonidagi hissiyotlari, masʼuliyatli lahzalar va qutqaruvchilik kasbining sharafli jihatlari, shuningdek, xizmat faoliyatida orttirgan tajribasi va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv kursantlarda kasbga boʻlgan sadoqat, jasorat, fidoyilik va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish masʼuliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
