“Temur avlodlari” oromgohida obodonlashtirish va tayyorgarlik ishlari
2026-06-01 20:30:00 / Yangiliklar

Hashar davomida oromgoh hududidagi daraxtlar oqlanib, ularga agrotexnik ishlov berildi, gulzorlar tartibga keltirilib, yashil hududlar parvarish qilindi. Shuningdek, piyodalar yoʻlaklari va dam olish maydonchalari obodonlashtirilib, atrof-muhitni yanada koʻrkam va jozibador holatga keltirish choralari koʻrildi.
Taʼkidlash joizki, bunday obodonlashtirish va tayyorgarlik ishlari nafaqat oromgohning estetik qiyofasini yaxshilash, balki bu yerda dam oladigan bolalarning salomatligi, xavfsizligi va qulayligini taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Temur avlodlari” oromgohida olib borilayotgan keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari natijasida yozgi mavsum davomida yuzlab bolalar uchun yanada qulay, xavfsiz va fayzli dam olish maskani yaratilishi koʻzda tutilgan.






