Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam
2026-05-21 16:35:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlarida va Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Xususan, bunday tadbirlar Qashqadaryo viloyati FVB boshligʻi, Qarshi harbiy prokurori ishtirokida Qarshi tumanidagi 71-maktabda va Navoiy viloyati FVB boshligʻi ishtirokida Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, va Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshligʻi ishtirokida Toshkent davlat texnika universiteti shuningdek, Buxoro viloyati FVB, va Milliy gvardiya Buxoro viloyat boshqarmasi hamkorligida Buxoro davlat universitetida oʻquvchi yoshlar, yosh harbiy hizmatchilar, Tizimga biriktirilgan yoshlar hamda talabalar bilan tashkil etildi.
Uchrashuvlarda yoshlarga vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish, harbiy xizmatning sharafli va masʼuliyatli kasb ekani haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni yot gʻoyalardan asrash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda ular bilim olish, tashabbuskor boʻlish va yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshishga chaqirildi. Yakunda madaniy chiqishlar va sahna koʻrinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.









