Oila – baxt va hamjihatlik timsoli
2026-05-15 11:20:00 / Yangiliklar

Xususan, Sirdaryoda Guliston shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan musobaqada ishtirokchilar 5 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqada 1-oʻrinni Astanovlar oilasi egalagan boʻlsa, 2-oʻrin Abdurahmonovlar oliasiga nasib etdi hamda 3-oʻrinni Abdurashidovlar oilasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindor oilalarga boshqarma boshligʻi tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati FVBda tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, oila muqaddasligini asrash, farzand tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda turli salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan muhim tavsiya va tushunchalar berib oʻtildi.





