Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov ikki xorijiy davlat favqulodda va muxtor elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
2026-05-13 19:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida Favqulodda vaziyatlar vaziri A. Ikramov xorijiy diplomatga vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga qaratilayotgan eʼtibor haqida maʼlumot berdi. Soʻnggi yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini rivojlantirishga qaratilgan qator qaror va farmonlar qabul qilingani alohida taʼkidlandi.
Tomonlar ikki mamlakat favqulodda vaziyatlar idoralari oʻrtasida turli yoʻnalishlarda tajriba almashuvini kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar. Janob Von Do Yon Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi salohiyati tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, vazirlik ekspertlari guruhini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasidagi milliy tajriba bilan tanishish maqsadida Koreya Respublikasiga tashrif buyurishga taklif etdi.
Bir kun avval esa Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Suhbat davomida bugungi kunda ikki davlat favqulodda vaziyatlar idoralari oʻrtasida samarali hamkorlikning ijobiy misollari mavjudligi, biroq ushbu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar ushbu yoʻnalishda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, ekspertlarning oʻzaro tashriflari masalalarini muhokama qildilar.








