“Burch, jasorat, matonat”
2026-05-08 14:35:00 / Yangiliklar
Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami oldidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari va keksa avlod vakillari holidan xabar olindi.

Uchrashuvlar davomida faxriylar va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning hayotiy kechinmalari xotirlanib, bugungi kunlarning qadriga yetish, tinch va osoyishta hayotimiz naqadar ulugʻ neʼmat ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.






