Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining hududiy bosqichi yakunlanib, g‘olib jamoalar aniqlandi
2026-04-29 09:50:00 / Yangiliklar

Musobaqa 5 ta shart asosida tashkil etilib, unda ishtirokchi jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 2026-yil 28–31-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.









