“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida ta’lim muassasalarida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda
2026-04-28 15:10:00 / Yangiliklar
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida ta’lim muassasalarida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

FVV xodimlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda oliy ta'lim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda seminar ishtirokchilariga yong‘in, is gazidan zaharlanish, chaqnash va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy bilimlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanmoqda.







