Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy yilning birinchi choragi yakunlariga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-04-22 14:25:00 / Majlislar

Yigʻilishda 2026-yilning 3 oyi davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash va fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar koʻrib chiqildi.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan muhokamalar davomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar koʻrilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, har sohaviy yoʻnalish boʻyicha respublika, viloyat, tuman, shahar darajalarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik va tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.




