Sayyor qabul, muloqot va yechim
2026-03-18 11:05:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik F. Mirzayev tomonidan Kitob tumani 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman aholisi hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida turli mazmundagi murojaatlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, aholi va tadbirkorlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Shuningdek, tuman hokimligi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan ko‘mak berilishi ta’kidlandi.



