Hududlarda maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-03-14 18:05:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati FVB boshligʻi rahbarligida Qarshi shahridagi “Koʻkgumbaz” jome masjidida, Navoiy viloyati FVB tomonidan Karmana tumani hududidagi “Qosim Shayx” jome masjidida va Samarqand viloyati FVB tomonidan Samarqand shahar hududidagi “Panjob” jome masjidida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Oʻquv mashqi davomida FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir boʻlganda tezkor harakat qilish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish va yongʻinni oʻchirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.









