Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi
Assalomu - alaykum hurmatli hamkasblar!
Oʻzbekiston Adliya vazirligi tizimida qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan barcha xodimlarni Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Adliya tizimida oʻtgan yillar davomida rivojlangan va xalqqa yaqin boʻlgan davlat organi boʻlishga harakat qildi va harakat qilmoqda.
Tizimda aytishga arzigulik oʻzgarishlarimiz juda koʻp.
1. ENG MUHIMI. Adliya tizimida korrupsiyaviy xatarlar yoʻq qilindi. Bunda Adliya vazirligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning oʻz vakolatini suiisteʼmol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi.
Maksimal darajadagi shaffoflikni taʼminlash maqsadida adliya vazirligida “Ochiq adliya” dasturi qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning “kompleans nazorat” tizimi joriy etildi.
Koʻrilgan choralar natijasida Adliya vazirligi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻldi.
2. Bevosita joylarda huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish maqsadida tumanlar (shaharlar)da ADLIYA BOʻLIMLARI tashkil etildi.
Tashkil etilgandan shu vaqtga qadar adliya boʻlimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatida sudlarga kiritilgan
31 mingdan ortiq jami summasi 206 mlrd. soʻmdan ortiq daʼvolar qanoatlantirildi
3. Shaffoflik va samaradorlikni taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha YAGONA ELEKTRON TIZIMI (project.gov.uz) joriy qilindi.
4. Tadbirkorlarga va fuqarolarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyati yaratish hamda ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bekor qilish maqsadida DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI tashkil etildi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini NAZORAT QILISH BOʻYICHA ELEKTRON “IJRO.GOV.UZ” tizimi joriy qilindi. Vazirikda yangi boshqarma tashkil qilindi.
6. YANA BIR MUHIM OʻZGARISH. Qaror qabul qilishda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron – “E-QAROR” TIZIMI joriy qilindi.
Natijada hokimliklar qarorlarini ishlab chiqish va kelishishga ketadigan vaqt 2 barobarga qisqardi.
Yuridik xizmat koʻrsatish sohasidagi yangi institut – YURIDIK XIZMAT KOʻRSATISH MARKAZLARI tashkil etildi.
7. Nodavlat notijorat tashkilotlar sohasida ortiqcha tartib-taomillar bekor qilindi va ularni yanada davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash darajasi oshirildi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarga adliya organlari bilan bogʻliq barcha xizmat va aloqalarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi E-NGO.UZ PORTALI ISHGA TUSHIRILDI.
8. Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari qisqartirildi hamda “LITSENZIYA” AXBOROT TIZIMI ishga tushirildi.
Litsenziyalash va ruxsat berish boʻyicha 100 ga yaqin qonunchilik hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi
114 ta litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishlari va ruxsatnomalar bekor qilindi.
49 ta litsenziyalar, 120 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy roʻyxatlari tasdiqlandi.
9. Oʻzbekistonda Respublikada birinchi marotaba professional mediatorlar tayyorlash kursi tashkil etildi va mediatorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
10. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani tugatish SUD TOMONIDAN amalga oshirilishi belgilandi.
11. “NOTARIUS” AXBOROT TIZIMI joriy qilindi hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
12. Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish hamda ijaraga berishning yangi tartibi, jumladan ularni elektron ONLAYN AUKSION SAVDOLARI (E-AUKSION.UZ) oʻtkazish orqali amalga oshirish belgilandi.
Birgina joriy yilning oʻzida 479 ta davlat mulki obyektlarining davlat ulushi hamda 15 ta davlat koʻchmas mulk obyektlari xususiylashtirish uchun savdolarga chiqariladi.
ADLIYA VAZIRLIGINING PANDEMIYA DAVRIDAGI FAOLIYATI
fuqarolarning huquqiy maslahatga boʻlgan ehtiyojini masofaviy tarzda qondirish maqsadida telegram messenjerida @huquqiy_maslahatbot, @notariusmaslahatibot, @davxizmataloqa_bot kabi telegram botlari ochildi.
fuqarolar uchun dolzarb va kundalik hayotda koʻp duch kelinadigan holatlar boʻyicha vazirlik veb-saytida 21 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oluvchi alohida “Soʻragan edingiz” boʻlimi ochildi.
pandemiya davrida qonunchilik boʻyicha internet-nashrlar orqali 2 000 dan ortiq material eʼlon qilindi.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida pandemiyaga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida 50 ga yaqin brifing oʻtkazildi.
Brifinglarda fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining turli huquqiy mavzudagi 500 dan ortiq savol va murojaatlariga javob berildi.
Pandemiya davridagi qonunchilikni keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida televideniyeda 100 ga yaqin intervyu va lavha, radioda 40 dan ortiq eshittirishlar qilindi.
Pandemiya davrida aholi bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida fuqarolar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollar boʻyicha vazirlikning feysbukdagi “Adliya bilan muloqot” guruhida 40 ga yaqin onlayn muloqotlar tashkil etildi.
Ilk bor shaxsan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq bilan muloqot/dialog s narodom” guruhida fuqarolar bilan onlayn muloqot oʻtkazildi.
