Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-yilning 1-choragida vazirlik tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha adliya organlari va muassasalarining faoliyatini takomillashtirish sohasida:
– “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan dalolatnoma yozuvlarini to‘g‘ri kiritish yuzasidan elektron tizim takomillashtirildi;
– toʻlovlar miqdori haqida infografika va roliklar ko’rinishida DXM va FHDY boʻlimlari binolaridagi teleekranlar hamda tizim ijtimoiy tarmoqlarida fuqarolarga maʼlumotlar berib borish amaliyoti kuchaytirildi;
– DXMlarda pullik xizmatni roʻyxatdan oʻtkazish tizimida to’lov miqdorlarini rasmiylashtirilgan arizaga ulash imkoniyati yaratildi.
- Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:
- 1. 2022-yil avgust oyida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra, Аdliya vazirligi tizimida 109ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan (11ta yuqori, 55 ta o‘rta, 43 ta past darajada).
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan 2022-yil 25-avgust kuni Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan 36 ta chora-tadbirdan iborat dastur tasdiqlandi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotiga (ro‘yxat raqami 3383, 31.08.2022-yil) muvofiq adliya organlari va muassasalari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar qayta ko‘rib chiqilib, “E-anticor.uz” elektron platformasiga joylashtirildi.
- 2. Adliya vazirligiga 2023-yil 1-choragi davomida aloqa kanallari orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlari yuzasidan jami 25ta murojaat va xabarlar kelib tushgan.
Shundan, jami 19 tasi “antikorbot” telegram kanali orqali kelib tushgan adliya organlari va muassasalari xodimlarining xatti-harakatlarigа oid xabarlarni tashkil etgan.
Mazkur murojaatlar va xabarlarni oʻrganib chiqish natijasida 1 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Shuningdek, 5 ta xodim bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
- Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:
Boʻlim tomonidan 2023-yil 1-choragida davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish yo‘nalishlari komplayens tekshiruvidan oʻtkazildi. Komplayens tekshiruvi natijalariga koʻra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha xizmatlarni raqamlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar bo‘yicha 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 24 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Shuningdek, 17 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qaroriga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga amaliy koʻmak berib kelinmoqda.
