Adliya vazirligi vakillari hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi rektori S.Taseva bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-10-24 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganligi, Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik, halollik va hisobdorlik tamoyillari asosida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etildi.
Shu oʻrinda, Oʻzbekistonda davlat organlari ichida 1-boʻlib “Cert International” xalqaro tashkiloti (Slovakiya) tomonidan vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro muvofiqlik sertifikatini olganini alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Akademiyaning zamonaviy o‘quv dasturlari bilan tanishtirildi.
Magistratura dasturlari:
Korrupsiyaga qarshi tadqiqotlar magistri (MACS)
Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va kollektiv harakatlar bo‘yicha xalqaro magistr (IMACC)
Korrupsiyaga qarshi tadqiqotlar va muvofiqlik bo‘yicha ispan tilidagi magistr (MACC)
Kelgusida akademiya bilan professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.






