2024/2025-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
2025-08-11 09:30:00 / Vazirlik yangiliklari

🔷Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev so'zga chiqib, bitiruvchilarni magistr darajasiga ega bo'lganliklari bilan samimiy tabrikladi.
🔶Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari O.Maxkamov, Advokatlar palatasi raisi Sh.Sadikov, Notarial palata raisi D.Ashurovlar ham so'zga chiqib, huquq magistrlarining kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
🔷Tadbirda 360 nafar huquq magistriga diplomlar topshirildi va magistrlar tomonidan universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga berilgan ta’lim, yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchiliklar bildirildi.




