Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi vakillari Buxoro davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi
2025-01-16 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Ochiq muloqot formatida oʻtgan tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, xususan, huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bu borada kelgusi rejalar bilan oʻrtoqlashib, yoshlarning kasbiy oʻsishi va ularning mamlakatimiz va adliya tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Vazir oʻrinbosari yoshlarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga va tashabbuslar bilan chiqishdan choʻchimaslikka undadi.
Talabalar kasbiy istiqbollari, amaliyot oʻtash va jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida savollar berishdi.
Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilinib, vazifa va rejalar belgilab olindi.