Hurmatli tadbirkorlar!
2023-09-29 12:50:00 / Vazirlik e'lonlari
Agar siz:
- o‘z biznesingizda foydalanayotgan yoki foydalanmoqchi bo‘lgan intellektual mulk haqida ma’lumotga ega bo‘lishni;.
- intellektual mulk sizning biznes imkoniyatlaringizni oshirishga qanday yordam berishi mumkinligini;
- o‘z biznesingiz qanday istiqbolli intellektual mulk aktivlariga ega ekanligini;.
- intellektual mulk aktivlarini qanday himoya qilish va biznesingizga qo'shimcha qiymat berish uchun qanday boshqarish mumkinligini o'rganishni istansangiz, WIPO Diagnostics ayni siz uchun kerak vositadir!
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda intellektual mulk obyektlaridan kelib chiqqan huquqlardan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida “WIPO IP Diagnostics” platformasi yaratilgan.
WIPO IP Diagnostics dasturiy taʼminotga asoslangan vosita boʻlib, unga kompyuter yoki internetga ulangan mobil telefoni boʻlgan istalgan shaxs kirishi mumkin. Tizim foydalanuvchiga bir qator savollarni qoʻyadi, foydalanuvchi esa oʻz biznesidan kelib chiqqan holda ushbu savollarga javob beradi. Mavzular va savollar intellektual mulk ta'sir qilishi mumkin boʻlgan barcha asosiy biznes sohalarini qamrab oladi.
WIPO Diagnostics platformasidan foydalanish uchun quyidagi havoladan foydalaning:
https://www.wipo.int/ipdiagnostics-assessment/global/en
Ushbu qoʻllanma orqali barcha savollarga javob olishingiz mumkin: WIPO IP Diagnostics
