Adliya vazirligi tomonidan noyabr oyi uchun tadbirlar kalendari eʼlon qilindi
2024-10-29 16:00:00 / Vazirlik e'lonlari
Adliya vazirligi tomonidan har oylik tadbirlar kalendarini tuzish va eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu taqvimda kelgusi oyga rejalashtirilgan asosiy voqealar va chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Xususan, u vazirlik rahbariyatining hududlarga xizmat safarlari, monitoring tadbirlari, yirik xalqaro forum va anjumanlar, shuningdek, ijtimoiy aksiya va boshqa muhim tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Mazkur tashabbus Adliya vazirligi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan. Bunday amaliyot jamoatchilikka vazirlik faoliyatidan xabardor boʻlib turish imkonini beradi, davlat organlarining fuqarolar oldidagi hisobdorligini mustahkamlaydi.
Shuningdek, aholi adliya organlari va muassasalari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ham axborot olishi mumkin.
Hududiy adliya organlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar:
Fargʻona viloyati
1-noyabr — tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulkni huquqiy himoya va muhofaza qilish masalasida oʻquv-seminarlar
6, 13-noyabr — Toshloq va Quva adliya boʻlimlari sayyor qabullari
8-noyabr — umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari uchun “Huquqshunoslik fanini oʻqitish muammolari” mavzusida seminar (Qoʻqon shahar, Dangʻara, Uchkoʻprik va Furqat tumanlarida)
18-noyabr — “Bayrogʻim — faxrim” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 35-yilligiga bagʻishlangan tadbir
20-noyabr — “Advokatura sohasidagi tizimli muammolarni bartaraf etish choralari” mavzusida seminar
28-noyabr — “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” mavzusida insholar tanlovi
Buxoro viloyati
5-noyabr — Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar.
15-noyabr — Taʼlim muassasalari (Buxoro davlat universiteti, viloyat yuridik texnikumi) bilan hamkorlikda talaba, oʻquvchi-yoshlarning Konstitutsiya mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi — inson qadri uchun” nomi ostida uchrashuv.
26-noyabr — Davlat xizmatchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati.
Andijon viloyati:
8-noyabr — “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi.
6-noyabr — Andijon viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul.
13-noyabr — oʻquvchi va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi.
15-noyabr — Andijon viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida yoshlar sayyor qabul.
22-noyabr — jazoni ijro etish muassasalarida “Huquq va men” nomli tadbirlar va sayyor qabullar
Xorazm viloyati:
1–15-noyabr — aholi, shu jumladan yoshlar uchun Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralarida “Ochiq eshiklar” kuni.
10–20-noyabr — umumtaʼlim maktablarida yoshlar oʻrtasida huquqiy viktorina.
15–30-noyabr — Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani.
“Oʻzarxiv” agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar:
20-oktyabr – 10-noyabr — Davlat arxivlari binolarida “Arxivlar kecha va bugun” shiori ostida “Tarixiy xotira” foto va arxiv koʻrgazmalari.
1-7-noyabr — Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida arxiv ishi tarixi va rivojlanish bosqichlarini yoritib beruvchi anjumanlar. “Oʻzbekiston arxivlari: Tarixiy xotiradan Yangi Oʻzbekiston sari” fotokoʻrgazmasi.
1-noyabr — Xorazm viloyatida “Uch avlod uchrashuvlari” tadbirlari.
1-7-noyabr — Oʻzbekiston Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi sogʻliqni saqlash tizimiga oid foto va ilmiy hujjatlar koʻrgazmasi.

