29 yoshli Shakarboy Ravshanov yosh bo‘lsa-da, hayotning achchiq sinovlariga erta duch keldi. Oilaviy muammolar sabab uning tug‘ilganligi vaqtida qayd etilmasdan qoldi va bu uning kelajak hayotiga katta to‘siqlarni yuzma-yuz qo‘ydi.
2024-10-02 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Ta’lim, ishga joylashish, boshqa huquq va imkoniyatlar eshigi uning uchun yopiq edi. Chunki unda tug‘ilganligini rasman tasdiqlovchi biror bir hujjat, hatto arxiv ma’lumotlar ham saqlanmagan. Tashkilotlar eshigi oldida sarson bo‘lgach u adliyaga murojaat qildi.
Payariq tuman adliya bo‘limi uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritdi va sud adliya bo‘limining arizasini qanoatlantirdi. Tuman 1-son FHDY bo‘limi sud qarori asosida tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berdi. Shakarboyga pasport olishda ham amaliy ko‘mak berildi. Bugungi kunda u yaxshi kasbni etagini tutgan.

