Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonining suhbat savollari qayta tasdiqlandi.
2024-09-24 15:15:00 / Vazirlik e'lonlari
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov, xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) muvofiq, davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonining suhbat savollari qayta ko‘rib chiqildi.
Yangilangan suhbat savollari 2024-yil “15”-noyabr kunidan tanlov va malaka imtihonida foydalanishga qabul qilindi.
