Yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot: yuridik xizmat sohasidagi muammo va yechimlar
2023-05-30 09:15:00 / Vazirlik yangiliklari

2023-yil 30-may kuni adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov yuridik xizmat xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Yuridik xizmat sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Ochiq muloqot oflayn va onlayn rejimida oʻtkazilib, unda bevosita va videokonferensaloqa orqali qariyb 200 nafar yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan soʻnggi yillarda yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, roʻy bergan oʻzgarishlar haqida alohida oʻz mulohazalarini bildirdi.
Xususan, oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi taʼkidlandi.
Jumladan, mamlakatimizda yuridik xizmat sohasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, sohada yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha toʻxtalib oʻtildi.
Ayniqsa, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari yuridik xizmat xodimlarining huquqiy maqomini oshirish va yanada mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida yuridik xizmat xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflarini berishdi.
Qizgʻin bahs-munozalar bilan oʻtgan muloqotda, sohaga oid kamchiliklar va bildirilgan takliflar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.



