❗️RASMIY MUNOSABAT
2026-02-04 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan “onlayn notarial harakatlarni ko‘paytirish uchun notariuslar majburlanmoqda” mazmunidagi post yuzasidan.
Onlayn notarial harakat nima uchun kerak?
— Navbatda turilmaydi, vaqt tejaladi
(onlayn tasdiqlanganda - 20-25 daqiqa, notarial idoraga kelganda - 1-2 soat).
— Notarial idoraga kelib-ketish uchun ortiqcha xarajat qilinmaydi.
— Dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn harakatni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. (Misol uchun, ishonchnoma: xorijda tasdiqlab yuborilsa - 200-300 AQSH dollari, xorijda turib O‘zbekistonda onlayn tasdiqlansa - 200-250 ming so‘m).
— Umuman hujjatlar talab qilinmaydi. Belgilangandan ortiqcha pul undirilmaydi. Korrupsiya yo‘q.
— Notarial harakat videoga muhrlanadi.
(Firibgarlik va majburlash kabi holatlar bo‘lmaydi).
❗️Shuni ma’lum qilamizki, Adliya vazirligi tomonidan onlayn notarial harakatlarning qulayligi hamda afzalliklari haqida fuqarolarga tushuntirish berish bo‘yicha hududiy adliya organlari va notariuslarga ko'rsatmalar berilgan.
Biroq, onlayn notarial harakat bajarmaganlik uchun notariuslarga nisbatan tekshiruv o‘tkazilishi qonunga xilof bo‘lib, Adliya vazirligi bunday holatlarni qoralaydi.
Ma’lumot uchun: Noto‘g‘ri topshiriq bergan hududiy bo‘linma xodimiga nisbatan rasman ogohlantirish berildi va bu kabi holatlar takrorlanmasligi qat’iy nazoratga olindi.
