Toshkent shahar adliya boshqarmasida tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tdi.
2026-02-02 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasida tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tdi.
Xususan, tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.
Muhokama davomida, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, nizoli oilalarni muammolarini hal qilish, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha idoraviy nazoratni jadallashtirish, yuqoridagi Qarorda belgilangan ustuvor vazifalarni ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



