Xalqaro hamkorlik — islohotlar tayanchi
2026-01-28 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

✅ Joriy yilning 27-yanvar kuni adliya vaziri A. Tashkulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha Maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuv davomida:
— milliy qonunchilikni JST qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish;
— “Byurokratiyani bartaraf etish” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish;
— Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔹Adliya vaziri A. Tashkulov xorijiy tomonni vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar bilan tanishtirdi. Xususan, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlar izchil qisqarib borayotgani ta’kidlandi.
📊 Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi ishlar jadallashgani qayd etildi. Jumladan, 2025-yilda 28 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi natijasida 59 ta hujjat JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi, 2023-yildan buyon moslashtirilgan hujjatlarning umumiy soni 160 tadan oshdi.
🔎 Uchrashuv yakunida tomonlar maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati doirasida kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.



