🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda
2026-01-26 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
🔹Ochilish marosimidan so‘ng loyiha doirasida intellektual mulk sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish va tizimlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi hamda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amaliy jihatdan muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹Koreya delegatsiyasi vakillarining tashrifi 2026-yil 26-yanvardan 3-fevralga qadar davom etib, unda ma’lumotlar xatoliklarini aniqlash va tozalash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va tovar belgilari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlash, shuningdek sun’iy intellektni o‘rgatish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari qamrab olinadi.
🔹Mazkur tadbirlar (https://t.me/adliyangiliklari/24800) loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat ekspertizasi jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik va tashkiliy masalalarni kelishib olishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun: 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan e’lon qilingan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida mazkur “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi g‘olib deb topilgan.








