🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda
2026-01-25 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amaliy va ishchi uchrashuvlar haftaligi o‘z ishini boshladi.
🔹Mazkur tadbirlar doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov hamda Koreya Intellektual mulk vazirligining Intellektual mulk sohasida axborot siyosati byurosi direktori Jo Xvan Jang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuvda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.





