Diqqat loyiha
2026-01-23 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Loyihada 2 ta eng muhim masala nazarda tutilgan:
1. Murojaatnomada ta’kidlangan cohalar bo‘yicha:
davlat siyosatining asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari belgilab berilmoqda;
5 ta ustuvor yo‘nalish doirasida alohida-alohida Islohotlar dasturlari (78 ta tashabbus) tasdiqlanmoqda;
Islohotlar dasturlari ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishning mexanizmlari va mas’ullari belgilab berilmoqda;
2. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan Davlat dasturi tasdiqlanmoqda:
amaliy chora-tadbirlar rejalari (306 ta tadbir);
2026-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar (60 ta) va Strategik qonunchilik hujjatlari (13 ta) ro‘yxatlari.
Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
Havola (https://regulation.adliya.uz/project/8938/23942?contentLang=oz) orqali o‘tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!
