Adliya vazirligi jamoasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Chirchiq shahrida joylashgan harbiy poligonda bo'ldi
2026-01-19 09:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir doirasida harbiy texnikaning yaratilish jarayonlari, ularning zamonaviy texnik-taktik imkoniyatlari hamda jangovar-amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi. Har bir jarayonda aniqlik, intizom va puxta rejalashtirish ustuvor ekani yaqqol ko‘zga tashlandi.
Harbiy mashg‘ulotlar davomida shaxsiy tarkibning jipsligi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhidagi xizmat faoliyati O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining mustahkam salohiyatini yaqqol namoyon etdi.
Mazkur tashrif nafaqat sohaga oid bilim va tasavvurlarni kengaytirdi, balki jamoaviylik va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar O‘zbekistonning harbiy qudrati ishonchli va barqaror ekanini yana bir bor tasdiqladi.
🇺🇿 Vatan himoyasi — oliy burch, unga xizmat qilish esa sharafdir.








